“Rus, ingliz va nemis tilini telefon va internetdan o‘rgandik” - buxorolik 12 yoshli egizaklar hikoyasi
Fotima va Zuhra Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidan. Ular hozir o‘zbek tilidan tashqari rus, ingliz va nemis tillarida bemalol muloqat qila oladi. Qizlar bu tillarni maxsus kurslarsiz, asosan bepul onlayn darslar orqali mustaqil o‘rgangan. Qizig‘i, egizaklar allachon o‘zlari ham boshqa o‘quvchilarga til o‘rgatishni boshlab yuborgan.