2026/2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari joriy yilning 14 iyulidan 23 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Test sinovlari 10 kun davomida, ikki smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 8:00 da, 2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyent test sinovi boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib borishi shart.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar my.uzbmb.uz platformasi orqali beriladi. Abituriyent ruxsatnomani yuklab olib, chop etgan holda pasport (ID-karta) bilan birga olib kelishi lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjat bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyent test sinoviga kiritilmaydi.