Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolani umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:

  • bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olishi tavsiya etilmagan bo‘lsa;

  • bola tanlangan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

  • ariza (so‘rovnoma)da ko‘rsatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekani aniqlansa.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’kidlashicha, mazkur holatlardan tashqari boshqa asoslar bilan bolani umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.