Turoperatorlardan 50 ming dollarlik zaxira mablag‘i talab qilinishi mumkin
O‘zbekistonda chiqish turizmi sohasini tartibga solishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatga ko‘ra, chet elga sayohatlarni tashkil etuvchi turoperatorlar litsenziya olish uchun kamida 50 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni maxsus jamg‘armada zaxira qilib qo‘yishi taklif etilmoqda.