Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, 2026–2027 o‘quv yili uchun davlat umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari izchil davom etmoqda.
20 iyul holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 600 065 nafar bola 1-sinfga qabul qilingan. Shundan 322 944 nafari onlayn, 277 121 nafari esa an’anaviy tartibda hujjat topshirgan.
Joriy o‘quv yilida mamlakatning 135 ta tuman va shahridagi 5 690 ta davlat umumta’lim maktabida qabul jarayonlari onlayn shaklda tashkil etilmoqda. Bu respublikadagi barcha umumta’lim maktablarining qariyb 60 foizini tashkil qiladi.
Vazirlikning eslatishicha, mikrohudud doirasidagi 1-sinfga qabul jarayonlari joriy yilning 31 iyuliga qadar davom etadi.
Qabul jarayonlari yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzasidan fuqarolar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy Telegram boti orqali murojaat qilishlari mumkin.










