Prezident Donald Tramp bu mushakbozlikni AQSh tarixidagi eng kattasi deb baholamoqda. U rejalashtirilganidan ancha kech so‘zga chiqdi va nutq vaqti bir necha marotaba o‘zgartirildi. Tramp National Mall’dagi asosiy sahnadan amerikaliklarga tabrik yo‘llarkan, “Amerika buyukligi qaytdi”, deya ta’kidladi.

Mustaqillik bayrami AQSh bo‘ylab o‘ta issiq va noqulay ob-havoda nishonlandi. Ayniqsa, sharqiy sohil bo‘ylab havo haroratining haddan ortiq ko‘tarilishi bayram tadbirlari bekor qilinishiga ham sabab bo‘ldi. Ammo, mushakbozlik reja qilinganidek o‘tdi. Kun.uz poytaxt Vashington shahridan salyutlar otilishini kuzatdi, atrofda yig‘ilgan minglab amerikaliklar bayramni qiziqish bilan tomosha qildi.

Fikrlar bo‘lingan mamlakat – AQShda Trampning ozodlikning 250 yilligini o‘ziga bog‘lagani jiddiy tanqid ham qilindi.

O‘z chiqishida Tramp kommunizm Amerikaning dushmani ekanini bildirdi, mamlakat doim cho‘qqida bo‘lishi, hech qachon qulamasligini tiladi.

Mushakbozlik shousining ajoyib finali ulkan portlashlar bilan ajralib turdi va uzoq kutilgan eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. Salyutlar kechki soat 01:00 ga yaqin tugadi va yig‘ilgan olomon bayramni olqishladi. 

Bruklin ko‘prigida mushakbozlik vaqtida kichik yong‘in chiqdi. Uni tezda o‘chirishgan, odamlar jabrlanmagan. 2026 yil 4 iyul
Laura Brett / EPA / Scanpix / LETA