Britaniya to‘liq raqamli immigratsiya tizimiga o‘tdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida ma’lum qilindi.

UKVI (Buyuk Britaniya immigratsiya boshqarmasi) arizachilar pasportiga viza kartochkalarini yopishtirishni to‘xtatdi. Endilikda barcha yangi vizalar elektron tarzda rasmiylashtiriladi. 

Xavfsizlik (ularni yo‘qotib qo‘yish, o‘g‘irlash yoki soxtalashtirishning iloji yo‘q), tezkorlik va qulaylik elektron vizalarning asosiy afzalliklari sifatida qayd etilmoqda.

Agar arizachi mamlakatga kirishga ruxsat oladigan bo‘lsa, unga elektron viza uchun shakl taqdim etiladi. Arizachi u bilan viza markaziga boradi. Viza maqomini tekshirish uchun Britaniyaga borishdan oldin UKVI saytidagi shaxsiy kabinetga kirish kerak bo‘ladi.