Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan elektromontyor ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Xabar qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Nishon tumani ETK elektromontyori A.I. xizmat mavqeidan foydalanib, 4 mln so‘m evaziga fuqaro Sh.X.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilib, oldindan 1,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgan.
U qolgan 2,5 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











