Aydaho shtatida bo‘lib o‘tgan Gunfighter Skies aviashousi vaqtida AQShning EA-18G Growler qiruvchi samolyotlari bir-biri bilan to‘qnashib, portlab ketdi.

Hodisa havoda tryuk bajarish paytida, ikki samolyot bir-biriga juda yaqinlashgan vaqtda sodir bo‘lgan.

To‘rt nafar uchuvchi so‘nggi lahzalarda katapulta orqali samolyotlarni tark etishga ulgurgan.

Halokat sabablari va uchuvchilarning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.