Sentyabrdan boshlab Fransiyada 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.
"Men va’da bergandim va qonun qabul qilindi: yangi o‘quv yilidan boshlab 15 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi. Deputatlarga rahmat. Endi gap konstitutsiviy kengashda, so‘ngra esa buni hayotga tatbiq etish va farzandlarimizni internetda himoya qilish uchun amaliy harakatlarda", - deb yozdi u X tarmog‘ida.
Avvalroq Fransiya Milliy majlisi (parlament quyi palatasi) va Senati (parlament yuqori palatasi) 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvatlagandi.
Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar o‘z foydalanuvchilarining yoshini tekshirish mexanizmini joriy etishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, ular 15 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarning akkauntlarini o‘chirib tashlashi shart. Shuningdek, 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning internetda o‘tirishini cheklash maqsadida "raqamli komendantlik soati" joriy etiladi.
Birinchi bosqichda 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkaunt ochishi taqiqlanadi. 2027 yil 1 yanvargacha esa mavjud akkauntlar o‘chiriladi.











