Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Trampning «katta ajoyib» qonun loyihasini qabul qildi
AQSh Kongressining Vakillar palatasi Trampning soliqlarni qisqartirish va potensial ravishda davlat qarzi shiftini oshirish bo‘yicha «katta ajoyib» qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat AQSh prezidentiga imzolash uchun taqdim etildi.
Foto: AP
Senatdan so‘ng AQSh Kongressi vakillar palatasi prezident Donald Trampning soliqlarni qisqartirish va davlat qarzi chegarasini 4 trillion dollardan ko‘proqqa oshirish haqidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini ma’qulladi. 3 iyul, payshanba kuni Kongressning 218 a’zosi hujjatni qo‘llab-quvvatladi, 214 nafari esa qarshi ovoz berdi.
Endilikda qonun loyihasini AQSh prezidenti Donald Tramp imzolashi kerak. U buni 4 iyul, AQSh Mustaqillik kuni oqshomida qilishi kutilmoqda.
Qonun loyihasi soliqlarni kamaytirish, immigratsiya xizmatini moliyalashtirishni oshirish va kambag‘allar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari hamda boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning tibbiy xarajatlarini to‘lashga yordam beradigan Medicaid dasturiga xarajatlarni kamaytirishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, mudofaa xarajatlarini oshirish, xususan, Golden Dome («Oltin gumbaz») raketaga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Senator Rend Pol (Kentukki shtatidan respublikachi) avvalroq hujjatni tanqid qilib, uni «qarz muammosini hal qiluvchi qonun loyihasidan ko‘ra ko‘proq sarf-xarajatlar haqidagi loyiha» deb atagan edi.
Tashabbus yil oxirigacha harbiy xarajatlarni 150 milliard dollarga oshirishni, shuningdek, ommaviy deportatsiyalar va Trampning immigratsiya qonunlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha federal mablag‘ ajratishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
19:11
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
14:06 / 27.12.2025
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25 / 27.12.2025