Bugun AQSh o‘zining asosiy umummilliy bayrami - Mustaqillik kunini nishonlamoqda. Bu yil Amerika Britaniya hukmronligidan ozod bo‘lganiga 243 yil to‘ldi.
4 Iyul AQSh milliy bayrami bo‘lib, ushbu tadbir munosabati bilan turli tadbirlar, konsertlar uyushtiriladi, prezident tabriklaydi, umummilliy sayl bo‘lib o‘tadi. Shu jumladan, AQSh barcha elchixonalarida Mustaqillik kuni munosabati bilan qabullar va tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.











