Klinton joriy yilning 30 avgustidan boshlab maxfiy ma'lumotlarga kirish huquqidan mahrum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bu uning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, Klintonning yordamchisi Sheril Maylz, shuningdek, nomlari oshkor etilmagan yana to‘rt kishi maxfiy axborotdan foydalanish huquqini yo‘qotdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Barak Obamada 2016 yilgi saylovlar bo‘yicha maxfiy reja bo‘lgani xabar qilingandi.