Press Herald’ning yozishicha, kitob syujyeti markazida - dahshatli kiberhujumning oldini olish maqsadida g‘oyib bo‘lishga qaror qilgan davlat rahbari.
Triller yaqin kunlar ichida savdoga chiqariladi. Pattersonning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning aksariyat qismi Oq uyda kechadi, prezidentni u yerdan yashirin ravishda olib chiqish kerak - aynan shu yerda Klintonning bunday nozik jihatlardan xabardorligi qo‘l kelgan.
Bill Klinton - belletristikada ilk qadamlarini qo‘ymoqda, biroq unda nashr etilgan kitoblari ham bor, masalan, «Mening hayotim» avtobiografiya-bestselleri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Klinton Rossiyadan nega darg‘azab bo‘lganini aytgandi.











