Kompaniya 2016 va 2017 yillarda ham restoranlarini yopgan. 2017 yilda tarmoq AQShda 25,9 ming nuqtaga ega bo‘lgandi. Subwayֹ’ning ijrochi direktori Syuzanna Grekoning tushuntirishicha, kompaniya McDonald's mashhurligi sababli ziyon ko‘rgan. McDonald's savdosi 2017 yilda AQShda 3,4 foizga oshgan.

Tarmoq supermarketlar va AYoQShlar bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. Kompaniya  AQShda muammolarga ega bo‘lsa-da, xorijiy davlatlarda kengaymoqchi. 2018 yilda Subway Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarda mingga yaqin nuqta ochmoqchi.   

Biroq Retail Doctor konsalting kompaniyasi rahbari Bob Fibbsning fikricha, kompaniyaning muammolari sog‘lom ovqatlanish trendda ekanligi bilan bog‘liq. Uning aytishicha, yirik shaharlar aholisi fastfud emas, “yashil salat” beriluvchi joylarni afzal ko‘radi.