Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea erkak ov qilayotgan vaqtda yuz bergan. 51 yoshli erkak o‘rdakni o‘qqa tutgandan keyin jonsiz qush to‘g‘ri uning boshiga tushgan. Natijada ovchi hushini yo‘qotib, boshi va yuzidan jarohat olgan va ikkita tishidan ayrilgan. U yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda erkakning ahvoli barqaror.











