Bu tashkilotlar teraktlarni “qo‘llab-quvvatlash va unga undash”ni “Al-Qoidaga ko‘mak ko‘rsatuvchi qator harakatlar” orqali amalga oshirganlikda ayblanmoqda.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlarda 2001 yilning 11 sentabr kuni yuz bergan terakt qurbonlari qarindoshlari Saudiya Arabistonini sudga berishgandi. Ular mamlakatni “Al-Qoida” terrorchilik guruhini moliyalashtirish va boshqa yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashda ayblashmoqda. Da'vo arizasi sudga 800 kishi nomidan yuborilgan.

2001 yilning o‘n birinchi sentabr kuni “Al-Qoida” terrorchilari bir necha yo‘lovchi samolyotini egallab olib, ularni Pentagon va Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi binosiga qarab yo‘naltirishdi, hujum oqibatida 3 ming kishi qurbon bo‘ldi.