Yamanning "Ansor Alloh" harakati Saudiya Arabistoniga nisbatan dengiz qamali joriy etadi. Bu haqda harakat vakili Yahyo Saria ma’lum qildi.
"Yaman qurolli kuchlari (husiychilar) “qamalga qamal” formulasiga muvofiq Saudiya Arabistoni kemalari uchun taqiq e’lon qiladi. Qaror ushbu bayonot e’lon qilinganidan boshlab kuchga kiradi", - deb yozdi u o‘z Telegram-kanalida.
Bayonotda ta’kidlanishicha, husiychilar Ar-Riyodning harakatlariga javob berish huquqiga ega.
"Qurolli kuchlar voqealarning har qanday rivojiga tayyor. Saudiya Arabistonining har qanday ahmoqligiga keskin javob qaytaramiz", - deyiladi bayonotda.
BMT ushbu bayonot bo‘yicha o‘z xavotirini bildirdi.
"Biz xabarlarni ko‘rdik va husiychilarning Saudiya Arabistoniga nisbatan yangi tahdidlaridan qattiq xavotirdamiz", - dedi BMT rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.











