Hammasi bo‘lib reyting tuzilishida 23 ta ko‘rsatkich hisobga olindi. Tadqiqotda AQShning 150 ta eng aholisi ko‘p shaharlari ishtirok etdi. 2017 yilda ish topish uchun eng qulay shahar Arizona shtatidagi Skottsdeyl bo‘ldi, u bandlikning eng katta o‘sishi va bir oilaga to‘g‘ri keladigan eng yuqori o‘rtacha daromadni ko‘rsatdi.
Quyida ushbu shaharlar ro‘yxati keltirilgan.
Skottsdeyl, Arizona. Ishlash uchun imkoniyatlar reytingida 22-o‘rin. Bandlik o‘sishi: 3,29%. Bir oilaga o‘rtacha daromad: 76,4 ming dollar
Plano, Texas. 29-o‘rin, -0,11%, 83 ming dollar
Orlando, Florida. 1, -1,27%, 43 ming dollar
Su-Fols, Janubiy Dakota. 27, %1,58, 56 ming dollar.
San-Frantsisko, Kaliforniya. 19, 2,43%, 46 ming dollar.
Rancho-Kukamonga, Kaliforniya. 89, 5,67%, 58 ming dollar.
Chandler, Arizona. 66, -0,02%, 76 ming dollar.
Solt-Leyk-Siti, Yuta. 2, 2,89%, 49 ming dollar.
Tempe, Arizona. 32, %2,84, 51 ming dollar.
Roli, Shimoliy Karolina. 34, %0,92, 61 ming dollar.
2017 yilda ishlash uchun eng yomon shahar Detroyt bo‘ldi. Shuningdek, eng kam ballarni Fresno, Beykersfild, Nyu-Ark, Buffalo va Klivlend shaharlari olgan.











