So‘rovnoma 7-11 dekabr kunlari o‘tkazilgan.

Bir oydan keyin o‘z lavozimini tark etadigan Obama so‘ralganlarning 22 foiz ovozini to‘plagan. Yangi prezident Donald Tramp foydasiga 15 foiz so‘ralganlar ovoz berishgan. Obama ketma-ket 9-marta ro‘yxatning "erkaklar qismi"ning eng yuqori pog‘onasini egallamoqda.

Eng hurmat qilinuvchi "jyentlmen"lar reytingining yuqori o‘ntaligidan Rim papasi Frantsisk, amerikalik siyosatchi Berni Sanders, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Dalay-lama va boshqalar o‘rin oldi.

Klinton ro‘yxatning "ayollar qismi"ga umumiy hisobda 21 marotaba va ketma-ket 15 marotaba boshchilik qilmoqda. Uni so‘ralganlarning 12 foizi eslab o‘tganlar. 2-o‘rinni Obamaning rafiqasi Mishel Obama, 3-o‘rinni Germaniya kansleri Angela Merkel egallagan.