Buyuk Britaniya qiroli Karl III Endi Bernemni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi.

The Guardian nashrining yozishicha, Bernem xorijiy yetakchilardan tabriklar qabul qilishni boshlagan. Yangi bosh vazirni Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Irlandiya hukumati raisi Maykl Martin tabriklagan.

Endi Bernem bosh vazir lavozimini tark etgan Kir Starmer o‘rnini egalladi. Starmer 22 iyun kuni iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.

Yangi bosh vazir London Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi. Bernem Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan suhbati uning ilk xalqaro muloqotlaridan biri bo‘lishini bildirdi.

«Bu mening ilk qo‘ng‘iroqlarimdan biri bo‘ladi va bugunoq prezident Zelenskiyga hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaganini aytaman. Men uni Kir Starmer kabi yuz foiz qo‘llab-quvvatlayman», - dedi Bernem.

O‘z navbatida, CNN telekanali Bernem bosh vazirlikka tayinlangach, birinchi bo‘lib AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi.