Turnirning hal qiluvchi bahsi 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 20 iyul kuni soat 00:00 da boshlanadi. Vinchichga maydonda uning hamyurtlari Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich yordam beradi. Iordaniyalik Adham Mahadma o‘yinning zaxira hakami, uning yordamchisi etib esa shu mamlakat vakili Muhammad al-Kalaf tayinlandi.

Vinchich 46 yoshda, u 2010 yildan beri FIFA toifasidagi hakam hisoblanadi. 2024 yilda sloveniyalik arbitr Chempionlar Ligasi finalini boshqargan, joriy Jahon chempionatida esa uchta o‘yinda ishladi (Braziliya - Marokash 1:1, Iordaniya - Jazoir 1:2, Meksika - Ekvador 2:0).

Meksika va Ekvador milliy jamoalari o‘rtasidagi 1/16 final o‘yinida Vinchich ekvadorlik himoyachi Pero Inkapieni maydondan chetlatdi — futbolchi raqibi bilan gaplashayotganda og‘zini qo‘li bilan to‘sib olgan edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, bu taqiqlangan.