O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli Hyundai Goal of the Tournament tomonidan jahon chempionatining eng chiroyli golini aniqlash uchun da’vogarlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Avvalroq o‘zbekistonlik hujumchining o‘tkir burchak ostida turganiga qaramasdan, raqib darvozasiga parashyut uslubida kiritgan goli  JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli gol deb topilgandi.

Jahon chempionatining eng chiroyli goli uchun da’vogarlar ro‘yxatiga 12 nafar futbolchining gollari kiritilgan:

Eldor Shomurodov (O‘zbekiston) – Kongo

Kerim Alaybegovich (Bosniya va Hersegovina) - Qatar

Xulian Alvares (Argentina) – Shveytsariya

Jud Bellingem (Angliya) - Fransiya

Sidni Kabral (Kabo Verde) - Argentina

Erling Holand (Norvegiya) – Braziliya

Vilson Isidor (Haiti) - Marokash

Elayja Jast (Yangi Zelandiya) - Eron

Dayzen Maeda (Yaponiya) – Shvetsiya

Kilian Mbappe (Fransiya) - Senegal

Lionel Messi (Argentina) – Jazoir

Ferran Torres (Ispaniya) - Argentina

Ovoz berish uchun havola: https://play.fifa.com/gott/en/

Ovoz berish 27 iyul kuni yakunlanadi.