Xalqaro futbol federatsiyasi 2026 yilgi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, Ispaniya milliy jamoasi sardori, yarimhimoyachi Rodrini turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

Final o‘yinidan oldin bu sovrinni Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi qo‘lga kiritishi taxmin qilinayotgandi.

Shuningdek, Ispaniya milliy jamoasi asosiy futbolchilaridan biri Lamin Yamal turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishi haqidagi taxminlar ham o‘zini oqlamadi, bu sovrin Yamalning «Barselona»dagi jamoadoshi, 19 yoshli boshqa bir futbolchi Pau Kubarsiga berildi.

Shuningdek, turnir davomida quruq seriya o‘tkazish bo‘yicha JCh rekordini o‘rnatgan, faqat Belgiyaga qarshi o‘yinda gol o‘tkazib yuborgan, Argentina bilan o‘yinda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Unai Simon bu safargi turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Ispaniya finalda amaldagi chempionlar hisoblangan Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.