Rossiya tomonidan O‘zbekistondan import qilinayotgan barcha meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan taqiq joriy etilmagan, deb ma’lum qildi Rosselxoznadzor.
Xabar qilinishicha, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi davom etmoqda.
Rosselxoznadzor 29 may kuni O‘zbekistonning vakolatli organiga meva-sabzavot mahsulotlarini xavfsiz va uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida texnik muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan murojaat qilganligini bildirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgani haqidagi xabarlar asossiz.











