Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshgan. Shu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlarining jami eksportdagi ulushi 5,9 foizni tashkil etgan.

Eksport tarkibida 31,3 ming tonna meva va rezavorlar, 36,7 ming tonna sabzavotlar, 9,4 ming tonna mosh, 2,4 ming tonna yeryong‘oq va yong‘oqlar hamda 26,8 ming tonna boshqa turdagi mahsulotlar o‘rin olgan.

Meva-sabzavot eksporti hajmining o‘sishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tashqi bozorlarda talab ortib borayotganidan dalolat beradi.