Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.Z. fuqaroni go‘yoki Migratsiya agentligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytgani aniqlangan.
U 8 ming AQSh dollari evaziga ishchi vizasini rasmiylashtirib berish va Koreyada ishga joylashtirishni va’da qilib, oldindan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Koreyaga ishchi vizasi olib berish bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
13:47 / 16.05.20263 2731 min
Jizzax viloyatida fuqaroni Koreyaga ishga jo‘natish va ishchi vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.










