Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 17 iyul kuni soat 08:24 da G‘allaorol tumani “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maktabda sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, maktabning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgan.
Yong‘in paytida maktabning 450 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.











