Bugun, 14 fevral kuni soat 04:53 da Jizzax viloyati, Forish tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida «Qizilqum» MFY, Qizilqum qishlog‘idan sel-suvlari oqimlari oqib o‘tishi kuzatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Qizilqum» MFY, Qizilqum qishlog‘i Erali ko‘chasida joylashgan taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarining hovlisi va tomorqalariga sel-suvlari kirishi qayd etilgan.

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga barcha zarur texnika hamda kuch-vositalar jalb etilgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida vafot etgan yoki jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda vaziyat viloyat FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.