Qo‘mita a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar qanday ketayotgani bilan qiziqqan. Mukanovning ta’kidlashicha, YeOIIning beshta davlati o‘rtasida mehnat muhojirlari bo‘yicha kelishuv bor.
«Rossiya tomoni bugungi kunda ushbu shartnomaning 96-97-moddalarini buzib, mehnat muhojirlarining oila a’zolariga majburiy tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortmoqda. Qirg‘iziston YeOII sudiga murojaat qildi, qaror ikki haftadan keyin chiqariladi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Qirg‘izistonga kelganida biz ham bu masalani ko‘targan edik», - dedi u.











