Toshkent shahri bo‘yicha 2025 yil 5 noyabr kuni chiqindi xizmati qarzdorligi 2 mlrd 239 mln so‘mga yaqin ekani sababli, jami 25 121 abonent «HET» AJning 2100 qisqa raqamidan SMS orqali ogohlantirildi. Ogohlantirish berilganidan keyin 5 kalendar kun ichida qarzini to‘lamagan 6 ming abonentning elektrga to‘lov qilish imkoniyati (onlayn/kassa orqali) bugundan vaqtincha cheklandi. Cheklov qarz bartaraf etilgan zahoti darhol olib tashlanadi.
Hozirgi paytda poytaxt kesimida chiqindi xizmatlaridan 582 mln so‘mdan ortiq debitor qarzdorlik saqlanmoqda.
Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarida to‘lov intizomini kuchaytirish uchun yangi mexanizm joriy etilgan. Har oyning 3-sanasigacha qarzdorlar ro‘yxati Toza makon'dan «HET» billingiga uzatiladi.
2025 yil 30 iyungacha yuzaga kelgan qarzdorlikka cheklov tatbiq etilmaydi. 2025 yil 1 iyuldan keyin shakllangan qarzdorliklar bo‘yicha tartib 5 noyabrdan amalga qo‘llanmoqda.
Mexanizm dekabr oyidan boshlab respublika bo‘ylab qolgan hududlarda ham joriy etiladi.











