Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasi xodimlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, joriy yilning 15 iyunidan 16 iyuliga qadar Ekopolitsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik reydlar davomida qurilish chiqindilarini belgilangan joylardan tashqariga noqonuniy tashlash bilan bog‘liq 21 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.
Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, 14 ta transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Bundan tashqari, qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga takroran tashlagan ikki yuk avtomobilini musodara qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, sud organlariga yuborildi.











