Qurilish ishlari davomida Bektemir tumani hududidan o‘tuvchi D-012 Bektemir–Chirchiq–Chorvoq avtomobil yo‘lining 6-kilometridan Iyk ota tomon yuk tashuvchi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi yuk avtomobillari Toshkent shahridagi Rohat aylanma yo‘li orqali manzillariga yetib borishlari mumkin.

Shuningdek, D-012 avtomobil yo‘lining 2-kilometridan Food City savdo majmuasi tomon barcha turdagi transport vositalari harakati to‘xtatiladi. Bu yo‘nalishda harakat Furqat ko‘chasi hamda Bektemir tumani THAY orqali tashkil etilgan vaqtinchalik aylanma yo‘llar orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Yangihayot tumani hududida D-021 avtomobil yo‘lining Qipchoq va Surum chorrahalarida ham transport vositalari harakati cheklanadi.

Shu bilan birga, Bektemir tumanidagi D-002 avtomobil yo‘lining Parkent trakt ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasida ham vaqtinchalik harakat cheklovlari joriy etiladi.

Mas’ullar haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish, vaqtinchalik tashkil etilgan aylanma yo‘llardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining qonuniy talablariga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.