“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Ukraina munosabatlarining dolzarb yo‘nalishlari, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda xalqaro tuzilmalar maydonida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.
Maryana Betsa YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilganini yuqori baholab, bu tadbir O‘zbekistonning xalqaro muloqot markazi sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish, amaliy hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va xalqaro platformalarda o‘zaro hamjihatlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.











