Futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi jahon chempionati tarixdagi eng qimmat chempionat bo‘ladi, deb yozadi The Athletic.
Xabar qilinishicha, AQShda o‘tkaziladigan guruh bosqichi o‘yinlari uchun 3-toifadagi chiptalarning minimal narxi 140 dollar, Los-Anjyeles, San-Fransisko va Nyu-Jyersi arenalaridagi eng yaxshi joylar uchun esa 620 dollarni tashkil etadi.
Chorakfinal chiptalari 275 - 1690 dollar, yarimfinal uchun 420 - 2780 dollar, 3-o‘rin uchun bahsga chiptalar 165 - 1000 dollar bo‘lishi aytilmoqda.
Final bahsi chiptalari esa rekord darajada qimmat bo‘ladi. “Metlayf-stedium”da o‘tkaziladigan finalga 1-toifadagi chiptalar 6730, 2-toifadagi chiptalar 4210, 3-toifadagi chiptalar 2790 va 4-toifadagi chiptalar 2030 dollardan sotiladi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor birdaniga uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda 48 mamlakat milliy jamoalari ishtirok etadi. Chempionat 11 iyunda boshlanadi va 19 iyulgacha davom etadi.











