Qabul davomida fuqarolarga pasportlar va vatanga qaytish sertifikatlari topshirildi, shuningdek, yo‘qolgan va muddati o‘tgan pasportlarni almashtirish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.
Jumladan, Irkutskda vaqtincha ishlayotgan fuqaro mahalliy ish beruvchi korxona ish haqini o‘z vaqtida to‘lab bermayotgani to‘g‘risida murojaat qildi. Holat atroflicha o‘rganilib, Bosh konsulxona aralashuvi bilan mahalliy huquqni himoya qiluvchi organlar yordamida, uning ish haqi undirib berildi.

Vatandoshlar bilan kechgan muloqotda mezbon mamlakat qonunlariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.











