Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 28-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatdi

Da’vo arizasi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston amaliy san’at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritildi.

Muzey muhim madaniy meros obekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi. Shu singari maskanlarni muhofaza qilish nafaqat tarixni, balki shaharning me’moriy qiyofasini saqlab qolish uchun ham muhim ekani ta’kidlandi.