Ma’lum qilinishicha, Azizxon Shavkatov yangi lavozimda poytaxtda turizm salohiyatini oshirish, madaniyat va madaniy meros obektlarini asrash hamda ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.
A.Shavkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan bo‘lib, faoliyati davomida turli mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.
Tayinlovga qadar u Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu vazifada u shaharda investitsiya muhitini yaxshilash, sanoat va savdo yo‘nalishlaridagi loyihalarni ilgari surish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etgan.
Mazkur tayinlov poytaxtda turizm va madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish, madaniy meros obektlarini asrash va ulardan samarali foydalanish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.











