Tezkor tadbir Bosh prokuratura departamentining Andijon shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Bu haqda departament matbuot xizmati xabar qildi.
Shu kabi, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch davlat universiteti talabasi M.M. fuqaro S.ni ushbu universitetning tarix fakultetiga universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini fuqaro O. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.












