Abituriyentlar, ota-onalar va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kontrakt to‘lashning so‘nggi muddatini uzaytirdi.
Jumladan:

  • bakalavriat va magistraturada darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;

  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.

Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026 yil 10 iyunga qadar uzaytirildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktining to‘lash muddati oliy ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.