20 iyun soat 18:20 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 432 805 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Jins bo‘yicha taqsimotga ko‘ra, erkaklar soni 200298 nafarni (46,3%), ayollar soni esa 232507 nafarni (53,7%) tashkil etmoqda.

Eng ko‘p abituriyent Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda – 72674 nafar. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (46848 nafar) va Farg‘ona (42264 nafar) viloyatlari joylashgan.

Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida - 14008 nafar.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25 iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.