AQSh, Germaniya, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiyadan iborat «katta yettilik» deb ataluvchi guruh vakillari (G7) 5 iyun kuni kamida 15 foiz miqdorida global korporativ soliqqa qaytishga kelishib olgan edi.

Facebook, Amazon.com, Apple, Microsoft va Google egasi hisoblanuvchi Alphabet kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlari qiymati 0.1-0.5 foiz atrofida pasaygan.

Shunga qaramay, Peel Hunt iqtisodiy va strategiya tadqiqotchisi Ian Williams so‘zlariga ko‘ra, bu holat minimal va uzoq davom etmaydigan holdir.