Ozon’ning biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha direktori Iloanga Yershovaning RBK’ga ma'lum qilishicha, uni foydalanuvchilar Moskva hududida xarid qilishlari mumkin.
«Bu holatda Ozon xizmat uchun sertifikatni sotadi — uni sotib olganidan so‘ng xaridor smartmed.pro saytida ro‘yxatdan o‘tib, sertifikatning kodini kiritib, «Medsi» klinikasining litsenziyaga ega mutaxassisini telefon orqali uyiga chaqirishi mumkin. Hamshira ko‘rsatilgan manzilga borib, tahlil uchun biometarial oladi, buyurtmachi esa natijasini «Medsi» mutaxassislaridan bilib oladi», — deya tushuntirgan Yershova.
Ma'lum qilinishicha, «Medsi» klinikalarida Covid-19 uchun test topshirish chegirma bilan 2400 rubl, kichik halqa avtomobil yo‘li (MKAD) doirasida uyda olinadigan test 5000 rubl, uy MKADdan tashqarida 30 km radiusda bo‘lsa, 5700 rubl.











