Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning xotini Siliya Flores ustidan sud jarayoni 2027 yil iyunida boshlanishi belgilandi, deb xabar berdi Reuters.

Ular giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda, har ikkisi bu ayblovni rad etmoqda, deyiladi agentlik xabarida.

Maduroning advokati bu ish to‘xtatilishiga erishishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga Venesuela sobiq prezidentining suveren davlat rahbari sifatidagi immuniteti asos bo‘ladi.

Tinglovlar 2026 yil 17 noyabriga belgilangan. Jarayonning yakuniy jadvali sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Maduro va Flores AQSh harbiylari tomonidan o‘z qarorgohlarida qo‘lga olingan va Nyu-Yorkka olib kelingandi.