Ukraina harbiylari 22 iyulga o‘tar kechasi va tongda dronlar bilan Wildberries’ning Krasnodardagi va Stavropol o‘lkasi Nevinnomissk shahridagi omborlariga hujum uyushtirdi.
Zarbalar oqibatida omborlarda kuchli yong‘inlar yuzaga kelgan. Kuban regioni gubernatori Veniamin Kondratevning aytishicha, Krasnodardagi hujum vaqtida yaralangan qiz vafot etgan, yana uch kishi shifoxonada qolmoqda, olti kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Nevinnomisskda esa besh kishi jarohatlangan, ularni shifoxonaga yotqizishga zarurat bo‘lmagan.

Supernova+
Krasnodar o‘lkasi rasmiylari aholini ochiq havoda qolmaslikka, ko‘chaga chiqishga to‘g‘ri kelganda niqob va respiratorlardan foydalanishga chaqirgan.
Yong‘indan keyin ko‘tarilgan tutun o‘nlab kilometrlarga cho‘zilgan. «Agenstvo» nashri e’tibor qaratishicha, kechgacha tutun Qora dengiz sohiliga, jumladan, Vladimir Putinning Gelenjikdagi Idokopas burnida qurilgan saroyigacha yetib kelgan.

Supernova+
Ertalab Krasnodar o‘lkasining operativ shtabi telegram-kanalida ombordagi yong‘in videosi e’lon qilindi, bu jurnalistlar e’tiborini tortdi, chunki rasmiy organlar Ukraina hujumlari oqibatlarining vizual tasdiqlarini juda kamdan kam hollarda e’lon qiladi (oddiy rossiyaliklar esa bunday kadrlarni tarqatgani uchun ta’qib qilinadi). Yarim soatdan keyin yozuv o‘chirib tashlandi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujum yuzasidan izoh berib, «Rossiya armiyasini dronlar uchun butlovchi qismlar, navigatsiya uskunalari va boshqa jihozlar bilan ta’minlashda ishtirok etayotgan logistika markazlariga» zarba berilayotganini ma’lum qildi.
«Tinchlikka zarurat bor va Ukraina Rossiya tomoniga barcha takliflarni taqdim etdi. Diplomatiyaga o‘tishga majburlash kerak», – deya qayd etgan Ukraina prezidenti.

Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanali

Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanali

Exilenova+
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov har kungi brifing chog‘ida Wildberries omborlari bo‘ylab yangi zarbalar yuzasidan munosabat bildirmadi. Shanba kuni amalga oshirilgan oldingi hujumga Kreml tomonidan faqat uch kun o‘tib munosabat bildirilgandi – seshanba kungi brifingda Peskov marketpleys va mahsulotlari omborlarda yonib ketgan xususiy tadbirkorlar ko‘rayotgan zarar tufayli «murakkab vaziyat» yuzaga kelgani va hukumat «bu masalalar bilan shug‘ullanayotgani»ni aytgandi.


Exilenova+

Exilenova+

Exilenova+

Ijtimoiy tarmoqlar / Reuters / Scanpix / LETA

Exilenova+

Vladimir Putin bugun ertalab hukumat bilan iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Uning matbuot uchun ochiq qismida Wildberries omborlariga berilgan zarbalar tilga olinmagan. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Ukraina nafaqat neftni qayta ishlash zavodlariga, balki «ba’zi boshqa sektorlarga» ham zarba berayotganiga qaramay, Rossiya iqtisodiyotida hammasi joyida ekaniga ishontirgan:
Yig‘ilishimizning boshidanoq shuni ta’kidlamoqchimanki, mamlakatimiz iqtisodiyoti, iqtisodiyot tarmoqlari, uning asosiy tarmoqlari holati, hatto yoqilg‘i-energetika majmuasi va boshqa ayrim tarmoqlardagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan tashqi urinishlarga qaramay, barqaror bo‘lib qolmoqda.












