“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti 8 yanvarda Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilgach, halokatga uchradi. Aviahalokatda samolyot bortidagi barcha odamlar - 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi halok bo‘lgan.

“Prezident halok bo‘lganlar xotirasini yod etish maqsadida davlat hokimiyati, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida Ukraina davlat bayrog‘i tushirilishi haqida qaror qabul qildi”, deyilgan xabarda. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, aviahalokatda Eronning 82 fuqarosi. Kanadaning 63 fuqarosi, 11 nafar ukrainalik, 10 nafar shvetsiyalik, 4 nafar afg‘onistonlik, Germaniya va Britaniyadan 3 kishidan halok bo‘lgan.