Kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston Respublikasi, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirdi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.

Kompaniya 2019 yilni o‘z faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e'lon qilgan, shu munosabat bilan bugungi kunda ushbu sohadagi faoliyatni jadallashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, deyiladi GM Uzbekistan xabarida.