Ayrimlar u o‘g‘irlagan asfaltni uyi yaqinidagi yo‘lda anchadan buyon yamalmayotgan biror chuqurni to‘ldirishni rejalashtirgan degan taxminni bildirishdi. 

Ayrimlar esa bu voqeani tasvirga olgan kishiga e'tiroz bildirishdi.

«Nega unga qarshilik bildirmading? Ertaga u hosil qilgan chuqurga tushmaslik uchun uning adabini berishing kerak edi. Yashirinib tasvirga olib qahramonlik qildingmi?», —deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Rossiyada yo‘llarning sifati eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.