Ta'kidlanishicha, nashr jurnalisti Klintondan jahli chiqishiga nima sabab bo‘lishi haqida so‘ragan.

«Rossiya bizning saylovlarga aralashganida, o‘shanda ha, men juda darg‘azab bo‘lgandim», - deya javob bergan Klinton.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp maxsus prokuror Myuller bilan qanday shartda uchrashishi aytilgandi. «Agarda ular bizni bu muloqot qisqa, taxminan besh yoki olti banddan iborat bo‘lishiga ishontira olishsa, unda biz ham bunga rozi bo‘lishimiz mumkin», - deya aytib o‘tdi AQSh prezidenti Donald Tramp advokati Rudolf Juliani.