«Biz Tu-22M3M’ni avgust oyida havoga ko‘tarish niyatidamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Tu-22M3 – uzoq masofalarga mo‘ljallangan ko‘p rejimli bombardimonchi-raketa tashuvchi bo‘lib, katta, o‘rta va kichik balandliklardan yer usti va dengizdagi obektlarni nishonga olishga mo‘ljallangan. 1989 yilda qurollanishga olingan. Uzoq aviatsiyadagi eng ommaviy bombardimonchi hisoblanadi, bunday modifikatsiyadagi jami 268 samolyot chiqarilgan. Tu-22M3 bombardimonchilari Suriyada aviazarbalar berishda ham ishtirok etgan.











